Bortida 9 nafar o‘zbekistonlik jasadi ortilgan samolyot O‘zbekistonga uchdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlar yuklangan samolyot O‘zbekistonga uchib ketdi

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. 2017-yilning 24-iyun kuni Qozog‘istonning Aktobe viloyati hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lgan 9 kishining jasadi va 38 nafar jarohatlanganlar yuklangan maxsus samolyot O‘zbekistonga qaytdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi.

Gullar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbariyati avariyada halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi
"O‘tgan tunda Aktobe shahriga borgan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari tomonidan respublika va mahalliy hokimiyat organlari yordamida jabrlanganlarni vatanga qaytarish uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilindi", deyiladi xabarda.

Mamlakat rahbariyati topshirig‘iga binoan yetib borgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari mahalliy shifokorlar bilan birgalikda davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ko‘zdan kechirganlari va barchaga vatanga qaytarishga ruxsat berganlari aytilmoqda.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Akto‘be shahri aeroportidan erta tongda maxsus samolyot O‘zbekistonga yo‘l olgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0