Savchenko Ukraina Bosh vaziriga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNadejda Savchenko
Nadejda  Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mening ishoram "siz aytganday bo‘lmaydi, parlamentni hurmat qilish kerak" degani edi", - deb izoh bergan Savchenko "112 Ukraina" kanaliga bergan izohida

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko davlat budjetiga o‘zgartish kiritish uchun ovoz berish vaqtida mamlakat Bosh vaziri Vladimir Groysmanga, uning harakatiga javoban o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Savchenko Radada "qo‘ylar" ishlaydi, deb aytdi
Ilgariroq Ukraina OAVlarida Rada majlislar zalida o‘rta barmog‘ini ishlatgan holda bexayo qiliq ko‘rsatib turgan Savchenkoning surati nashr qilingandi. Shu bilan birga Savchenkoning bu ishorasi kimga qaratilgani mavhumligicha qolgandi.

Savchenko ishora Ukraina Bosh vaziriga tegishliligini ma’lum qilgan.

"Groysman bilan o‘zaro ishora almashdik. Ukraina budjeti ko‘rib chiqilayotganda, Groysman, har doimgidek, Ukrainaga hozir zarur bo‘lgan sohalarga yetarli mablag‘ ajratish o‘rniga, o‘ziga kerakli bo‘lgan, korrupsiyaga imkoniyat yaratib beradigan sohalarni himoya qila boshladi. Bosh vazir shunday bir ishora qildiki, madaniy tilga o‘girganda, bu — parlamentning fikri uning uchun bir pulligini, u baribir o‘z aytganini qilishini anglatardi. O‘shanda menga uning yanglishayotganini anglatuvchi ishorani ko‘rsatdim. Mening ishoram "siz aytganday bo‘lmaydi, parlamentni hurmat qilish kerak" degani edi", — deb izoh bergan Savchenko "112 Ukraina" kanaliga bergan izohida.

Yangiliklar lentasi
0