TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko deputatlar uning qonunchilik loyihalariga tuzatishlar kiritayotganidan bag‘oyatda norozi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "112 Ukraina" telekanaliga tayangan holda.
"Sizlar himoya qilmaysizlar va adolatli ish yuritmaysizlar. Sizlar siyosatdan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanyapsizlar va bu bilan odamlarga yana bir marta qo‘yliklaringizni isbotlayapsizlar. Farqi, bitta qo‘y ikkinchisidan ko‘ra "shohdorroq". Aslida hammangiz — qo‘y", — deb aytgan sobiq uchuvchi telekanalga bergan intervyusida.
Avvalroq Savchenko sudgacha hibsga olinishni ikki kunlik qamoqqa tenglashtirish taklifi bilan chiqqan edi. Ammo, taklif etilgan tuzatishlarga muvofiq, qonun retsidivistlarga joriy etilmaydi. Savchenkoning fikriga ko‘ra esa, tergov qo‘mitasi aynan ana shundaylarga osonlikcha ayblov qo‘yib qo‘yishi mumkin.
"Deputatlar "erinchoq" bo‘lgani uchun, ularni "shunday tizim qoniqtirgani uchun"ham hech narsani o‘zgartirishni xohlashmaydi", — deya ta’kidlagan telekanalga Savchenko.