Abdulaziz Kamilov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni o‘tkazib yubormang

© AFP PHOTOMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqotga jamoatchilik, milliy va xorijiy OAV vakillari ham taklif etiladi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. 2017-yilning 5-iyul kuni soat 14.00 dan 16.00 gacha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining vatandoshlar, jumladan xorijdagi hamurtlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi
Hozirda Vazirlik Xalqaro press-klub, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy teleradiokompaniya hamda Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda muloqotni yuqori darajada tashkillashtirish, O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida yechish uchun tizimli ishlarni olib bormoqda.

"Vatandoshlarimizdan bizning manzilimizga kelib tushayotgan savollarning mazmuni va xarakteridan kelib chiqqan holda tadbirda mamlakatimiz vakolatli idoralari — Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislarining ham ishtirok etishlari kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Muloqotga jamoatchilik, milliy va xorijiy OAV vakillari ham taklif etiladi.

Videokonferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish ishiga barcha xorijdagi vakolatxonalar jalb qilingan, hozirgi kunda ular zarur texnik qurilma va videoapparatura moslamalari bilan to‘liq ta’minlangan, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

O‘zbekistonliklarning xohishlariga binoan va Toshkent shahri bilan vaqtdagi bir necha soatlik tafovutni inobatga olgan holda ayrim elchixona va bosh konsulxonalar tomonidan fuqarolar murojaatlari tasvirga olinganligi va ular tashqi ishlar vazirining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti doirasida namoyish etilishi aytilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi muassasalarga kelib tushgan murojaatlar diqqat bilan o‘rganilmoqda va ularning ba’zilari yuzasidan aniq qarorlar qabul qilingan hamda arizachiga o‘z vaqtida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, savollar miqdorining kattalini va muloqotga ajratilgan vaqtning cheklanganligini inobatga olib, videokonferensiyada e’lon qilinmagan murojaatlar bo‘yicha arizasiga asosli javob beriladi.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz: o‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi o‘z savollarini Prezidentning virtual qabulxonasiga, tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning "Feycbuk"dagi rasmiy sahifasi va "Telegramm"dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0