Gruziya 6 millioninchi sayyohni prezidentdek kutib oldi

© Makho KipshidzeDjesper Blek vo Msxeta
Djesper Blek vo Msxeta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rsatilgan izzat-ikrom va kutib oluvchi tomonning benuqson tashkilotchiligidan mehmon cheksiz hayratga tushdi... va ...yosh boladek yig‘lab yubordi...

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Ushbu yilning mart oyida Gruziya 6 millioninchi sayyohni kutib oldi. Mamlakat hukumati ushbu voqeaga  alohida e’tibor berib, jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi.

Birinchidan, mehmonni mamlakat bosh vazirining shaxsan o‘zi kutib oladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, tantanali kechgi ovqat uchun taomlar butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rov orqali aniqlanib, eng yaxshi shef-povarlar tomonidan tayyorlanadigan bo‘ldi.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p

Undan tashqari kechki ovqat vaqtida Gruziyaning eng yaxshi ashula va raqs ijrochilari chiqishlari rejalashtirildi. Shuningdek, mehmonga butun Gruziya bo‘ylab eng chiroyli joylarini ko‘rsatishga qaror qilindi.

Kutilgan vaqtda, hech narsadan bexabar mehmon, Tbilisi aeroportiga kelib tushadi. Samolyotdan chiqayotgan yo‘lovchilar avtomatik ravishda hisoblanib aynan 6 millioninchi mehmon  — Jesper ismli shaxs ekanligi aniqlanadi. Shu damdan boshlab maxsus operatsiya boshlanadi…

© Makho KipshidzeShestimillionniy turist v Gruzii Djesper Blek
Shestimillionniy turist v Gruzii Djesper Blek - Sputnik O‘zbekiston
Shestimillionniy turist v Gruzii Djesper Blek

Mehmonni kutib olgan haydovchi unga “Hurmatli Jesper, siz bizning maxsus mehmonimizsiz!”, degan so‘zlar yozilgan konvertni tutqizadi. Keyin, esa uni prezidentlarni kutib olgandek, faxriy qorovul bilan kechgi ovqat bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan restoranga olib boradi.

U yerda Gruziya bosh vazirining shaxsan o‘zi mehmonni kutib olib, u Gruziyaning 6 millioninchi sayyohi ekanini va uni alohida izzat-ikrom bilan kutib olishga qaror qilingani xabar qilinadi. 

Keyin esa — eng yaxshi taomlar, vinolar, jozibador gruziyacha ashula va raqslar bo‘lib o‘tadi. Undan keyingi bir necha kun davomida mehmonga Gruziyaning qorli tog‘lari-yu, qadimiy qal’alari hamda dengiz qirg‘oqlari namoyish qilinadi.

Ko‘rsatilgan izzat-ikrom va kutib oluvchi tomonning benuqson tashkilotchiligidan mehmon cheksiz hayratga tushdi… va…yosh boladek yig‘lab yubordi…

“Men buni hech qachon esimdan chiqarmayman. Bu men boshimdan kechirgan eng maroqli sarguzasht bo‘ldi. Men buni bolalarimga, nevaralarimga aytib beraman…” – dedi Jesper.

Gruziyalik mutaxassislar tomonidan suratga olingan ushbu kichik film, Kann kinofestivalida o‘z mamlakatini reklama qiluvchi eng yaxshi videolavha deb topildi.

© Makho KipshidzeDjesper Blek za prigotovleniyem shashlikov v Gruzii
Djesper Blek za prigotovleniyem shashlikov v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Djesper Blek za prigotovleniyem shashlikov v Gruzii
Yangiliklar lentasi
0