Bosh vazir o‘rinbosari Ibragimov xalq bilan gaz-svet masalalarini muhokama qiladi

© podrobno.uzO‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev aholidan shikoyatlar tushadigan taqdirda, Ibragimov va tegishli tuzilmalar rahbarlari har biri shaxsiy javobgarlik olib borishini ta’kidlagan

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov gaz va elektr ta’minoti sohasidagi qator muammolarni hal qilish borasida xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetik resurslar, elektr quvvati, ta’mirlash va transformatorlarning barqaror ishlashi, tabiiy gaz ta’minoti, chekka hududlarga esa suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berish masalalari o‘z vaqtida hal qilinishi uchun Ibragimov zimmasiga xalq bilan uchrashish topshirig‘ini yuklagan.

O‘zbekiston rahbari aholidan shikoyatlar tushadigan taqdirda, Ibragimov va tegishli tuzilmalar rahbarlari har biri shaxsiy javobgarlik olib borishlarini qayd etib o‘tgan.

Bosh vazirning yana bir o‘rinbosari — Ochilboy Rahmatov ham respublika bo‘ylab safarga chiqishi qo‘shimcha qilinmoqda. Ramatov viloyat, shahar va ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy sohadagi obyektlar, maktabgacha ta’lim va o‘quv maskanlari, ko‘p xonadonli turar-joylar kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyorligini tekshiradi.

Ramatov, shuningdek, mahalliy avtomobil yo‘llarining tartibga keltirilgandan keyingi holati, liftlar, mahallalarga qarashli hududlarda sanitariya holatini tekshirishi aytilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0