O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastok magistralnogo gazoprovoda
Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aholini gaz tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir necha baravarga yer osti gaz zahiralarini kengaytirish hisobiga hal etish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda aholini gaz tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir necha baravarga yer osti gaz omborlarini kengaytirish hisobiga hal etish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaga quvur: O‘zbekiston G‘arbga gaz eksport qilmoqchi

"O‘zbekneftegaz" MXK vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash va aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda "Gazli" gaz yer osti gaz saqlash ombori eng katta hisoblanadi, bugungi kunda ushbu gaz ombori 3 mlrd kub metr tashkil qiladi. "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda uning sig‘imini 10 mlrd kub metrga yetkazmoqchi. Shu bilan birga, Farg‘ona viloyati Xo‘jaobod yer osti gaz saqlash omborini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda respublika aholini, ayniqsa viloyat va tuman aholisini gaz bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil fevral oyida 68,6 km gaz quvurlar kapital ta’mirlandi hamda 171,9 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.
Shuningdek, 7,2 ming km gaz quvurlarda zichlikni aniqlash bo‘yicha maxsus tekshiruv o‘tkazildi. 5,6 ming km yer osti gaz quvurlari tekshirib chiqildi. 70,5 ming gaz tarqatish punktlarda taftishlar o‘tkazildi.

Xolding kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mustaqillik yillarda mamlakatda tabiiy gaz ta’minot tizimi 2 baravar oshirildi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda ko‘plab viloyatlarda aholiga gaz ta’minotida uzilishilar muammosi mavjud.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0