TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Neftgaz sohasiga mansub milliy brend logotipi bo‘yicha o‘z takliflarini nafaqat professional reklama kompaniyalari va agentliklar, balki xususiy shaxslar (frilanserlar, talabalar va h.k.) ham taqdim etishlari mumkin.
Komissiya ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:
— kompaniya falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirish
— logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
— logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;
logotipning ko‘zga ko‘rinadigan qismi kreativligi va yangichaligi (yangi logotip amaldagiga o‘shash bo‘lmasligi lozim).
Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovrin — Chevrolet Spark avtomobili bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2017-yil 21-iyulgacha qabul qilinadi.
Tanlov yakunlari 2017-yil 25-avgustda sarhisob qilinadi.
G‘oliblar nomlarini e’lon qilish va taqdirlash marosimi joriy yil 30-avgustda (O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi Kuni arafasida) o‘tkaziladi.