Toshkentda Xotira va qayg‘u kuni munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

© RossotrudnichestvoDen pamati i skorbi v Tashkente
Den pamati i skorbi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 iyun - MDH mamlakatlarida Xotira va qayg‘u kuni deb tan olingan. Bundan 76-yil oldin, 1941-yilning 22-iyunida insoniyat tarixida eng ko‘p qurbonlarga olib kelgan mudhish urush boshlangan edi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Birodarlar qabri" majmuasida 22-iyun — Xotira va qayg‘u kuni munosabati bilan gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Tantanali marosim qatnashchilari Mangu olov yodgorligiga gul qo‘yishdi va Ikkinchi Jahon urushi qahramonlari va qatnashchilari xotirasini yod etishdi", — deyilgan Rossotrudnichestvo matubot xizmati xabarida.

Marosimda Rossiya elchixonasi va Rossiya madaniyat va fan markazi xodimlari,  O‘zbekiston ijtimoiy tashkilotlari xodimlari hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Moskvada Xotita va qayg‘u kuni - Sputnik O‘zbekiston
22 iyun - Xotira va qayg‘u kuni. MDH shaharlaridan fotolavha

Bugun 22-iyun — Rossiya Federatsiyasida Xotira va qayg‘u kuni deb e’lon qilingan. Bundan 76-yil oldin, 1941-yilning 22-iyunida insoniyat tarixida eng ko‘p qurbonlarga olib kelgan mudhish urush boshlangan edi.

"Nuroniy" jamoat tashkiloti fondi xabariga asosan Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning 1,5 million aholisi ishtirok etib, ulardan 530 mingi uyiga qaytib kelmagan.

Yangiliklar lentasi
0