TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Bugun 22-iyun — Xotira va qayg‘u kuni. Bundan 76-yil oldin, ushbu kun insoniyatga misli ko‘rilmagan darajada g‘am va qayg‘u olib kelgan Ikkinchi Jahon urushi boshlangan edi. Rossiyada ushbu kun 1992-yildan boshlab rasman Xotira va qayg‘u kuni deb e’lon qilindi.
1941 yilning 22-iyuni, tong soat 04:00da Germaniya qo‘shinlari SSSR chegaralariga hujum qiladi. Germaniya hujumning birinchi zarbasini Belorussiya g‘arbida joylashgan Brest qal’asi kutib oladi. Bor yo‘g‘i 8 ming askar bo‘lgan qal’a fashistlarga bir oydan ortiq qarshilik ko‘rsatadi.
Ikkinchi jahon urushi roppa-rosa 1418 kun davom etdi. 1998-yilgi statistika ma’lumotlariga ko‘ra Sovet armiyasi yo‘qotgan askarlar soni 11 944 100 kishini tashkil qildi. Sovet Ittifoqi umumiy hisobda 26,6 mln fuqarolaridan judo bo‘ldi. Ulardan 13.7 millioni — tinch aholi. Germaniya esa 11 millionga fuqarolaridan judo bo‘lgan.
Dushman kuch, qo‘shn soni va jihozlanishi bo‘yicha 2-3 baravar ustun bo‘lishiga qaramasdan, Sovet Ittifoning barcha respublikalari bir tanu bin jon bo‘lib unga qarshi kurashda va uni yengdi. Albatta, ushbu yo‘lda Ittifoqning har bir xalqi, har bir millati o‘zining minglab, millionlab o‘g‘lonlaridan jud bo‘ldi. Shuning uchun ham ushbu kun barcha MDH aholisi uchun Xotira va qayg‘u kunidir.