Qozog‘istonda dahshatli avariyada 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 22-iyun kuni soat 10-20 da Aktubin viloyati Aytekebiy tumani avtomobil yo‘lining 946 kmda Mercedes rusumli ikki qavatli avtobus ag‘darilib tushdi, buning oqibatida 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda avtobus avariyasida 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulov xabar berdi.

"2017 yil 22-iyun kuni soat 10-20 da Aktubin viloyati Aytekebiy tumani avtomobil yo‘lining 946 kmda "Samara-Chimkent" yo‘lida Mercedes rusumli ikki qavatli avtobus ag‘darildi. Ushbu avtobusda 52 nafar kishi bo‘lgan, shulardan 50 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 2 nafar Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Mazkur avtobus "Volgograd-Chimkent" yo‘nalishida harakatlangan", — deb ta’kidladi Imonqulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YTH tufayli 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, 18 nafar (17 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi) kishi shifoxonaga olib borildi. Voqea joyida 25 nafar kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0