TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Avstriya TIV rahbari va Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi Sebastyan Kursning fikriga ko‘ra mamlakatda barcha musulmon bog‘chalarini yopish kerak, chunki ular bolalarni jamiyatga qo‘shilishiga xalal berayotgan ekan, RIA Novosti Kurier gazetasi xabariga asosan.
"Ular kerak emas. Mamlakatda musulmon bog‘chalari bo‘lmasligi kerak", — deb javob berdi Kurs jurnalistlarning musulmonlarning maktabgacha ta’lim muassasalarini yopish haqidagi savoliga.
Kursning fikriga ko‘ra, bunday bolalar muassasalari madaniy hamda til o‘rganish jihatidan jamiyatdan ajralib qolgan va bolalarning ijtimoiy integratsiyasiga xalal bermoqda.
Shuningdek, Avstriya TIV rahbari bolalarni yaxshiroq o‘qitish uchun, nemis tilidan dars o‘tadigan pedagoglarga bo‘lgan talabni ham kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyining boshida Avstriya hukumati migrantlarni mamlakatga integratsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun jamoat joylarida yuzini to‘liq yopib turadigan kiyim kiyishni, mansabdor shaxslar, sudya va prokurorlar uchun ro‘mol o‘rashni hamda Qur’onni salafiycha izohlashni ta’qiqlaydi.
Undan tashqari yangi qonun barcha migrantlar uchun majburiy nemis tilini o‘rganish talabini qo‘yadi. Til o‘rganishni istamagan migrantlar esa, davlat kafotlarlari va yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yangi dastur mamlakat g‘aznasiga har yili kamiga 100 mln Yevroga tushishi xabar qilinmoqda.