TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Bild nashri payshanba kuni e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Germaniyaga kirib kelgan qochqinlarning 80% shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega emas. RIA Novosti xabari asosida.
Bundan tashqari, ko‘plab boshpana izlovchilar o‘z yoshini atay kichraytirib aytmoqda — negaki, migratsiya xizmati shaxsni "balog‘at yoshiga yetmagan, kuzatuvchisiz kelgan", deb topgan taqdirda qochqinga ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan oyiga 80dan to 180 yevro miqdorida to‘lov to‘lab borilishi lozim, deb xabar qilmoqda Bild.
2015 yilda Germaniya bir milliondan ortiq qochqinlarni qabul qildi. Suriya va Afg‘onistondan kirib kelgan qochqinlar tomonidan Bavariyada iyul oyida amalga oshirilgan qator teraktlardan so‘ng, Germaniya IIV mamlakat xavfsizligini oshirish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqdi. Yangi tashabbus taqdimoti payshanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.