TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Interaktiv munozara klubi tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekkino milliy agentligi matbuot-xizmati.
Qayd etilishicha, interaktiv munozara klubida kinoloyihalar va filmlarni professional baholash jamoatchilik asosidagi ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga madaniyat va san’at arboblari, kinoshunoslar, ssenarist va rejissorlar, kinematografiya tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Kinoijodkorlar o‘zlarining loyihalari yoki tayyor filmlarini Interaktiv munozara klubi muhokamasiga qo‘yish va malakali mutaxassislarning zarur tavsiyalarini olish orqali badiiy jihatdan sifatli kino asarlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Interaktiv munozara klubi Kinematografiyani rivojlantirish markazida faoliyat yuritib, kinoloyihalar va filmlarni muhokamaga qo‘yish uchun mablag‘ undirilmaydi.