Avtomobil o‘g‘risi bilan intervyu: shaxsiy avtoulovni qanday himoya qilish mumkin

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Rossiyada avtomobil o‘g‘irligi tugab bormoqda. Hozir bunaqa ishlar biln yo “yakka va mustaqil” o‘g‘rilar yoki to‘g‘ri yo‘lan qaytgan politsiya xodimlari shug‘ullanadi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik, Sergey Belousov. Oleg (ismi o‘zgartirilgan) — yaqin o‘tmishda professional avtomobil o‘g‘risi bo‘lgan. Aytishiga qaraganda hozir u bunday ishlab bilan shug‘ullanmaydi, lekin tajriba va  “hunar” esida qolgan. Biz Oleg bilan uchrashib, undan bugungi kunda Rossiyada avtomobilllar qanday usul bilan o‘g‘irlanishi haqida bir necha savol so‘radik.

- Hozir Rossiyada avtomobil o‘g‘rilari ko‘pmi?

Kriminal biznesning ushbu turi bugungi kunda tugab bormoqda. Hozir bunaqa ishlar biln yo “yakka va mustaqil” o‘g‘rilar yoki to‘g‘ri yo‘lan qaytgan politsiya xodimlari shug‘ullanadi. Aynan shunday shaxslar yosh, tajribasiz o‘g‘rilarni topib olib ularni “qora ishni” bajarishga majbur qiladi. Odatda bir necha oydan keyin ular qamoqqa jo‘natiladi.

- Xo‘sh, bugungi kunda avtomobil o‘g‘irlash qanday amalga oshiriladi?

Zamonaviy texnologiyalar va barchaning qulaylikka bo‘lgan intilishi – avtomobil o‘g‘rilari hayotini juda osonlashtirdi desak adashmaymiz. Masalan, hozir aksariyat yangi chiqayotgan avtomobillar  eshikni kalitsiz ochish va kalitsiz o‘t oldirish tizimlari bilan jihozlanmoqda. Bunday tizimlar hatto nisbatan arzon  avtomobillarda ham paydo bo‘lmoqda.

Nexia 3 - Sputnik O‘zbekiston
Neksiya 3 avtomobilini kreditga olish uchun nimalar kerak?

Avtomobilni o‘g‘irlikdan himoya qilish nuqtayi nazaridan qaraganda bunday tizim o‘g‘rilar uchun katta qulaylik yaratdi. Bunday uslub “ruka” (uzun qo‘l) deyiladi. U ikkita kichik jomadondan iborat bo‘lib, ularnib biri avtomobil o‘g‘risida ikkinchisi esa avtomobil egasiga yaqinroq joyda bo‘lishi kerak.

Masalan avtomobil egasi mashinasini parkovkaga qo‘yib, magazinga yo‘l oldi desak. Bir kishi chemodan bilan sezdirmasdan uning orqasidan yuradi. Shu vaqt bosha kishi ikkinchi jomadon bilan avtomobil yoniga keladiva eshikni ochish tugmasini bosadi. Avtomobil kalit kodini so‘raganda, avtmobil yonidagi jomadon ikkinchi jomadon bilan radioto‘lqin orqali bog‘lanadi. Ikkinchi jomadon esa avtomobil egasining cho‘ntagida bo‘lgan kalit bilan ulanadi va undan kodini so‘raydi. Kod olingach u birinchi jomadonga yuboriladi.  Oddiy qilib tushuntirganda ushbu ikki jomadon avtomobil va uning kaliti orasida “udlinitel” rolini o‘ynaydi.

Bir necha soniyadan so‘ng o‘g‘ri avtomobil ichiga kirib uni o‘t oldirish va haydab ketishi mumkin. Buning uchun hech qanday chuqur bilim yoki hunar kerak emas. Shu ikki jomadon bo‘lsa yetarli.

Avtomobilni ko‘zdan kechirayotgan mijoz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobil xaridi: qanday qilib esdan og‘may, yangi mashinaga ega bo‘lish mumkin

Eng zamonaviy elektronika bilan liq to‘la bunday uskunani albatta magazindan sotib olishning iloji yo‘q. Odatda uni kriminal shaxslar orasida ma’lum kishilar shug‘ullanadi. Oldin bunday jomadonlar narxi 80-100 ming dollar edi. Hozir 20 mingga tushgan. Shuni aytish kerak-ki ushbu moslamalar o‘zidan kuchri radioto‘lqin chiqaradi va odam sog‘lig‘iga zarar yetkizishi mumikin.

O‘g‘irlikning boshqa uslublari ham bor, masalan kod-grabber yordamida signalizatsiyani ochish, dvigatelning boshqaruv blokini almashtirish, qulfini sindirish va ho kazolar, lekin bugungi kunda ushbu uslublardan juda kam foydalanilmoqda. Asosan tajribasiz o‘g‘rilar yoki bezorilar shunday uslub bilan avtomobil o‘g‘irlashi mumkin.

- Eshitishimcha, ko‘p avtomobillarni ehtiyot qismlarga bo‘lib sotish uchun o‘g‘irlashar ekan, shu rostmi?

Oldin shunday edi. Ehtiyot qismlar tanqis va qimmat bo‘lgan vaqtda o‘g‘rilar shunday “sxemalar”dan foydalanishar edi. Hozir bo‘lsa bu ommaviy emas.

Bugungi kunda Rossiyada o‘g‘rilar orasida eng ommaviy bo‘lgan avtomobillar Hyundai Solaris, Kia Rio, Lada, Toyota RAV4, Toyota Camry. Aynan ushbu avtomobillar xaridorlar orasida ham eng talabgir.

RAVON R2 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon R2 Rossiya bozorlarida eng arzon inomarkalar beshligidan o‘rin oldi

Oldin o‘g‘irlangan avtomobillar MDH bozorlariga tarqab ketar edi, lekin oxirgi vaqtda o‘g‘irlangan qimmatbaho avtomobillarga asosan Suriyadan talab tushmoqda. Ha-ha, aynan Suriya. Ayniqsa katta qimmatbaho amerika  jiplari o‘sha yoqqa ketmoqda. Suriyada ularga talab shunchalik kuchli-ki, ba’zan hatto yolg‘ondakam o‘g‘irliklar bo‘lib turadi. Ushbu sohada “aylanib” yurgan kishi yangi avtomobilni salondan sotib oladi. Biroz vaqt uni haydab yurganidan keyin uning o‘zi barcha yashirish qo‘riqlash moslamalarini yechib oladi va avtomobilni Suriyaga yuborish uchun o‘g‘rilarga sotadi. Uning o‘zi esa sug‘urta kompaniyasiga avtomobili yo‘qolgani haqida xabar qilib, avtomobilning to‘liq qiymatini sug‘urta to‘lovi sifatida qaytarib oladi. Albatta keyinchalik bunday mashinani topishning iloji bo‘lmaydi.

- Avtomobilni bunday moslama yordamida o‘g‘irlashdan nima himoya qilishi mumkin?

Bugungi kunda qimmatbaho avtomobillar bir necha “mayoq”lar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. “Mayoq”  — bu gugurt qutisi razmeridagi, kichik elektron moslama bo‘lib u bir kunda yoki bir necha kunda bir marta aloqaga chiqib, o‘zi turgan joyning GPS koordinatalarini avtomobil egasining elektron pochtasiga yoki maxsus saytga yuborishi mumkin. Bir avtomobil ichiga narxi 100 $ atrofida bo‘lgan bunday moslamalardan  bir nechtasi yashirilgan bo‘lishi muimkin. Mayoqlar doimo o‘chirilgan holda bo‘lib faqat belgilangan vaqtda yonadi va aloqaga chiqadi, shuning uchun ularni elektron maydonni aniqlovchi asbob yordamida topish juda qiyin. Ularning avtonom energiya manbai esa, bir necha yil davomida yashirin ishlash imkonini beradi.

Undan tashqari sekret knopka yoki “sekret kod” ham o‘g‘irlikdan yaxshi himoya qiladi. Maslan, dvigatelni o‘t oldirganingizdan, bir minut ichida, bir necha knopkani bir vaqtda yoki ma’lum ketma-ketlikda bosish kerak bo‘ladi.

Kutilmagan joyda o‘rnatilgan mexanik blokirator ham  yaxshi foyda berishi mumkin. Uzatmalar qutisi yoki tormoz pedaliga o‘rnatilgan blokiratorlar, o‘g‘rilarni o‘lja sifatida boshqa avtomobil izlashga majbur qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0