Tramp tufayli dunyoning eng boy odamlari kambag‘allashmoqda

© REUTERS / Carlos BarriaPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Fond birjalarida qayd etilgan natijalarga ko‘ra, oxirgi uch kunda dunyoning eng boy 500 odami 35 milliard dollarga kabag‘allashgan.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Dunyoning eng boy odamlari AQShdagi siyosiy beqarorlik tufayli ulkan mablag‘larini yo‘qotmoqda, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Bunga sabab — Donald Tramp prezident bo‘lganidan keyin AQShdagi yetakchi siyosiy kuchlar orasidagi nizolar haligacha tinmasdan davom etayotganidir. Xususan, jamiyaga ta’siri kuchli bo‘lgan OAVlar Donald Trampning u yoki bu ishini qoralab yozmoqda.

Masalan, New York Times, Donald Tramp FBR sobiq boshlig‘i Jeyms Komidan sobiq prezident yordamchisi Maykl Flinga nisbatan tergov ishlarini to‘xtatishni talab qilgan, deb yozgan.  Oq uy bu xabarga rad javobi bermoqda.

AQSh prezidenti D. Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp "Amerikanikini xarid qil, amerikaliklarni yolla" nomli farmonni imzolaydi

Undan oldin, Washington Post Tramp Rossiya bosh vaziri Lavrovga davlat sirini fosh qildi, deb jar solgan edi. Oq uy buni ham inkor qilmoqda.

Mana shunday "axborot urushi" mamlakatda siyosiy beqarorlik keltirib chiqarmoqda. Siyosiy beqarorlik esa, o‘z navbatida AQShning yetakchi kompaniyalari aksiyalari narxining tushishiga olib kelmoqda.

Oxirgi uch kun ichida dunyoning eng boy odami Microsoft direktori Bill Geyts — 1 mlrd, Amazon yaratuvchisi Djef Bezos — 1,71 mlrd, Zara brendi asoschisi Amansio Ortegi — 355 million dollar yo‘qotishdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0