Kuchli shamol, do‘l va yomg‘ir: hafta oxirida O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

© pixabayKuchli yomg‘ir
Kuchli yomg‘ir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Gidrometeorologiya markazi ma’lum qilinishicha, 23-24 iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, deb xabar qildi UZ24.

Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

Uragan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
FVV aholini kuchli shamol bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi 20-25 va kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo harorati kechasi 22-27 va kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 22-27 va kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 25-30 daraja va kunduzi 23-iyun kuni 42 darajagacha isiydi, 24-iyunda 34-39 darajaga yetadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 20-25 daraja va kunduzi 23-iyun kuni 35-40, 24-iyunda 30-35 darajani tashkil etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0