TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari kuchli shamol esishi mumkinligini ma’lum qildi.
Xabarda bildirilishicha, dam olish kunlari respublikaning ayrim hududlarida havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida havo o‘zgaruvchan, 16-19 iyun kunlari yog‘ingarchiliksiz, 17-18 iyun kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 17-iyun kuni shamol tezligi 15-20 m/s (25-34 km/s) kuchayadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayishi daraxtlarning qulashiga va elektr uzatish liniyalarining uzilishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogoxlantiradi.
Vazirlik shamol kuchayish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ramoqda.