TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2017 yilning 17-iyun kuni taxminan soat 12:00larda, Dilshod Raximovich Toshmuxamedov jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish maqsadida, Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonida, voyaga yetmagan Munisa Farmanovani ojizligidan foydalanib, zo‘rlik ishlatib, o‘zining jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Toshmuxamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB saytida qamoqqa olingan shaxsning surati chop etilgan va shunday murojaat keltirilgan:
"Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, "102" telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin".
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.