Bugun O‘zbekiston ahli 11-yillik ta’limga qaytish bo‘yicha so‘rovnomada qatnashadi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMaktab sinfxonasi
Maktab sinfxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 18-iyun kuni Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2017-yil — "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari" yili munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keng jamoatchilikning ta’lim tizimi, xususan 9-sinfdan keyingi ta’lim borasida fikri o‘rganilmoqda, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati.

Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi
2017 yil 18-iyun kuni Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

"Shu yilning 20-iyun kuni respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalarining bu masalada fikri o‘rganiladi", — deyiladi xabarda.

O‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0