Fuqarolar murojaatiga e’tiborsiz bo‘lgan hokim ishdan ketdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokim tuman aholisi bilan tizimli ravishda samarali aloqa o‘rnatmagani hamda fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsizlik bilan qarab kelgani uchun lavozimdan chetlatilgan

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi Xaybulla Mamatqulov 2017-yil 16-iyun kuni lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Xalq bilan Muloqot" guruhi o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar bergan.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Nurobod hokimi ishlamagani uchun lavozimidan chetlatildi

Xabarda aytilishicha, Mamatqulov tuman aholisi bilan tizimli ravishda samarali aloqa o‘rnatmagani hamda fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsizlik bilan qarab kelgani uchun lavozimdan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazirlik, tashkilotlar rahbarlari va hokimlar qattiq ogohlantirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0