TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga axalekin zotli tulporni sovgʻa qildi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari Axaltekin otlari majmuasiga borishgan.
Aynan mana shu munosabat bilan "jannat" tulporlarini yayratish tadbiri uyushtirilgan. Tomosha maydoniga birin-ketin axaltekin zotli otlarning eng koʻrkamlari olib chiqilgan.
Turkman xalqi nomidan oʻzbek qardosh xalqiga Axaltekin zotli tulpor hadya qilingan.
Ajoyib sovgʻa uchun minnatdorchilik bildirgan Oʻzbekiston prezidenti turkmanning moʻjizakor-tulporlari va otlar majmuasiga tassanno aytgan.
Eslatib oʻtamiz, Axaltekin otlari Turkmanistonda oʻziga xos iftixor ramziga aylangan, davlat ramzining markazidan oʻrin olgan va qator xorijiy davlat rahbarlariga eng oliy hadya sifatida tortiq etilgan.