TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi kelgusida tabiiy gazni Yevropa mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda "O‘zbekneftegaz" kompaniya raisi Alisher Sultonov Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Albatta, biz Yevropaga chiqishga harakat qilmoqdamiz. Kaspiy dengiziga chiqishning o‘zi ko‘p narsa haqida dalolat bermoqda. Bilvosita tabiiy gazimiz "Gazprom" kompaniyasi orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazilayapti", — dedi xolding rahbari.
Shu sababli, "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi o‘zining sheriklari bilan hamkorlikda Yevropa bozoriga chiqish strategiyasini amalga oshirishni rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, o‘zbek milliy xolding kompaniyasi uchun eng qulay bo‘lgan yo‘nalish bu Janubiy gaz yo‘lagidir. Mazkur loyihada Kaspiy mintaqasi bo‘yicha Gruziya va Turkiya orqali Yepropaga tabiiy gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, 2017-yilda ozarbayjonlik SOCAR va "O‘zbekneftegaz" kompaniyalari hamkorlikda Ozarbayjon va O‘zbekiston hududlarida neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolashgan. Jumladan, tomonlar Kaspiy va O‘zbekiston hududlarida ushbu ishlarni amalga oshiruvchi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yishgan. Ushbu bitim asosida tabiiy boyliklarni tranzit qilish, geologiya-qidiruv ishlarni amalga oshirish va boshqa kelishuv vazifalarini bajarish ko‘zda tutilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.