TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, 15-iyun kuni O‘zbekturizm raisi A. Sharapov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Siddiqov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Suhbat davomida tomonlar turizm sohasida o‘zaro munosabatlarini faollashtirish lozimligi haqida ta’kidlashgan.
Shuningdek, O‘zbekiston tomon qo‘shni davlatlardan keladigan turistlar soni ortishidan manfaatdorligini bildirib o‘tgan.
Shu bilan birga tomonlarning sayyyohlik ma’muriyatlari o‘rtasida idoralararo xalqaro shartnoma imzolash imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi kerakligi taklif sifatida kiritilgan.
Doniyor Siddiqov Qirg‘izistonning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida Qirg‘iziston tomon tayyorlagan videoroliklarni O‘zbekiston telekanallarida translyatsiya qilishda amaliy yordam berishni so‘ragan. Elchi, shuningdek, O‘zbekistonning turistik sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklari Qirg‘izistonda translyatsiya qilinishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirgan.
Tomonlar uchrashuv yakunida turizm sohasida ikkiyoqlama munosabatlarni yanada chuqurlpashtirishga kelishib olganlar.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.