O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini Andijonda ko‘rib chiqadigan bo‘ldi

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishChegaradagi askar
Chegaradagi askar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Davlat chegarasini belgilash masalasini endi Andijonda muhokama qiladigan bo‘ldi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. 2017-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi gap: soxta telegramma ortida qanday maqsad bor?
"Suhbat chog‘ida 2017-yil 21-26-may kunlari Qirg‘izistonning Jalol-Obod shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashildi", — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha navbatdagi uchrashuvni Andijon shahrida samarali o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0