TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Furgon bir guruh odamlarni bosib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Yuz bergan hodisadan so‘ng politsiya Twitterda fojia Seven Sisters ko‘chasida bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilgan.
Independent nashrining guvohlar ko‘rsatmasiga asosan yozishicha, hujum mahalliy vaqt bilan yarim tunga yaqin ro‘y bergan. Furgon Finsberri parkidagi masjiddan chiqayotgan odamlarning ustiga qarab yurgan. Evening Standard nashri ham guvohlarga tayangan holda mashinadan pichoq bilan qurollangan erkak otilib chiqqani haqida yozgan. Haydovchi aholi tomonidan qo‘lga olingan va politsiyaga topshirilgan, erkakning ruhiy holati tekshirilishi haqida ta’kidlanmoqda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey masjid yonida yuz bergan hodisani terakt, deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyun kuni shunga o‘xshash hodisa Londondagi ko‘prikda yuz bergan edi. Avtomobil yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan, shundan so‘ng uch terrorchi odamlarga hujum uyushtirgan edi. Politsiya tomonidan yovuz niyatli kimsalar shu joyning o‘zida yo‘q qilingan. Sakkiz inson bu terakt qurboniga aylangan edi, deb xabar qilgandi Skotland-Yard.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.