London politsiyasi odamlarga hujum qilgan 3 nafar terrorchini yo‘q qildi

© Sputnik / Aleks Maknoton / Mediabankka o‘tishSituatsiya na meste terakta u britanskogo parlamenta
Situatsiya na meste terakta u britanskogo parlamenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilarning hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 30dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Britaniya poytaxtida yakshanbaga o‘tar kechasi teraktlar sodir etgan terrorchilarni otib o‘ldirishdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

London markazida yakshanbaga o‘tar kechasi ikkita terrorchilik hodisasi sodir etildi. London ko‘prigida mikroavtobus piyodalar ustiga bostirib borildi, Boro bozorida esa pichoq bilan qurollangan shaxs odamlarga hujum qildi.

Londonda amalga oshirilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

Politsiya vakili Mark Rouli aytishicha, soat 22.08 da London ko‘prigida mashina odamlarni bosib ketgani haqida xabar kelib tushgan. So‘ngra undan ov pichog‘i bilan qurollangan uch kishi tushib, o‘sha atrofda joylashgan Boro bozorida odamlarga hujum qilishgan. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 30dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.

"Politsiyachilar uch nafar shaxsni otib o‘ldirishdi. Bu politsiyaga birinchi qo‘ng‘iroq kelib tushganidan so‘ng 8 daqiqa o‘tib yuz berdi", — dedi Rouli.

Ilgariroq OAV terrorchilar besh kishi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Shuningdek, terakt ishtirokchilari egnida soxta hudkushlar nimchasi bo‘lganligi aniqlandi.

Bu Buyuk Britaniyada keyingi 2,5 oy ichida yuz bergan uchinchi terrorchilik harakatidir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0