Bugun Ravshan Ermatov Avstraliya-Germaniya o‘yinida hakamlik qiladi

Obuna bo‘lish
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan turnirda Ravshan Ermatov Avstraliya - Germaniya uchrashuvida bosh hakamining video-yordamchisi sifatida ishlaydi

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. FIFA referisi, o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCh-2018 musobaqasidan avval o‘tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi-2017 turnirida videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti vazifasini bajaradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mach Krasava na razminke - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Rossiyada Konfederatsiyalar kubogi boshlanadi

O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan turnirda Ravshan Ermatov birinchi tayinlov olgan. U B guruhi, 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya — Germaniya uchrashuvida ishlaydi.

Ushbu musobaqalarda hakamlarga video-yordam tizimi (VAR) qo‘llaniladi. Yordamchilar, operatorlar xonasida joylashgan barcha video kameralarni kuzatadi va bosh hakamga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni uzatib turadi. Bu o‘z navbatida hal qiluvchi vaziyatlarda hakamlik xatolarini to‘g‘rilashga yordam beradi.

Xususan, darvozalar oldidagi vaziyatlar, futbolchilarni o‘yindan chetlashtirish, penalti tayinlash yoki o‘yinchini aniqlashda foydalaniladi. Ammo, yakuniy qaror qabul qilish bosh hakam zimmasida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya — Germaniya bellashuvi 19-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0