"Boeing" korporatsiyasi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasini mukofotladi

© Viktor Tsoy/TwitterBoeing-787 Dreamliner
Boeing-787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoga mashhur "Boeing" korporatsiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasini "Boeing-787 Dreamliner" samolyotining muvaffaqiyatli va bexatar uchishini ta’minlaganligi uchun mukofotladi

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Milliy aviakompaniya faoliyati yana bir bor e’tirof etildi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

 

Qayd etilishicha, dunyoga mashhur "Boeing" korporatsiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasini "Boeing-787 Dreamliner" samolyotining muvaffaqiyatli va bexatar uchishini ta’minlaganligi uchun mukofotlagan.

Boeing 787 Dreamliner Toshkentda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston havo yo‘llari ilk Orzu laynerini qabul qildi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi korporatsiyaning ushbu yangi avlod samolyotidan o‘tgan yilning sentabr oyidan foydalanishni boshlagan edi.

Ayni paytda "orzu layneri"ning Dubay, Dehli, Amritsar, Istambul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, —Kuala-Lumpur kabi shaharlarga qatnovi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 27-iyulidan boshlab esa aviakompaniya "Boeing-787 Dreamliner" samolyotida Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni yo‘lga qo‘yadi.

O‘tgan yili "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi hamda "Boeing" korporatsiyasi o‘rtasida o‘rnatilgan munosabatlarning 20-yilligi keng nishonlandi. Qayd etish joizki, shu davr ichida hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlandi, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0