O‘zbekiston havo yo‘llari ilk Orzu laynerini qabul qildi

© Sputnik . StringerBoeing 787 Dreamliner Toshkentda
Boeing 787 Dreamliner Toshkentda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent aeroportida shu munosabat bilan yangi “orzu layneri”ning qabul qilib olinishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tijoriy foydalanish uchun yangi tipdagi ikki Boeing-787 Dreamliner samolyotidan birini qabul qilib oldi.

Boeing 787-9 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston XY Sentabrda Boeing-787 Dreamliner samolyotida parvozlar amalga oshira boshlaydi
Bugun Toshkent aeroportida shu munosabat bilan yangi “orzu layneri”ning qabul qilib olinishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Samolyot O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Yangi Boeing-787 Dreamliner’ni uchuvchi instruktor Iosif Zak, parvoz komandiri Asadjon Tursunov va aviakompaniyaning bosh shturmani Stanislav Gurfinkellar boshqarishdi. Samolyot Sietldan Toshkentga 12 soat tinimsiz parvoz qildi.

Ushbu samolyot zamonaviy Boeing 767 ga nisbatan yoqilg‘ini 10 foizga tejaydi. Toshkentdan Moskvaga yetib borish vaqti 10 daqiqaga, London va Parijga esa 20-30 daqiqaga qisqaradi. Unda dunyoning eng chekka nuqtalariga ham parvoz qilish mumkin.

Yo‘lovchi o‘rindiqlarining umumiy soni 246ta. Har bir yo‘lovchi uchun ko‘rsatuvlar ko‘rish imkonini beruvchi alohida ekran bilan jihozlangan.

Aviakompaniya rahbari Valeriya Tanning aytishicha, sentabrdan “orzu layneri”da O‘zbekistondan AQSh va Kanada, Uzoq Sharq, Osiyo, Afrika, Avstraliyaning istalgan aeroportlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yiladi. Tez orada aviakompaniya parki yana bir mana shunday samolyotga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0