TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Furgon Londondagi masjid oldida behush yotgan erkak yonida to‘plangan bir guruh odamlar ustiga qarata bostirib kelgan. Bu haqda guvoh so‘zlari asosida Press Association xabar qildi deb yozgan RIA Novosti.
"Men ko‘chada ketayotib, yerda o‘tirgan erkakni ko‘rib qoldim. Yoniga borib, unga qaradim. Menga u erkakning tobi yo‘qligini, u hushidan ketganini aytishdi", — deb xabar qilgan agentlikka Abduqodir Varfa. Abduqodirning so‘zlariga ko‘ra, u erkakning yonidan uzoqlashgach, oradan bir necha daqiqa o‘tib bir furgon katta tezlikda bir guruh odamlar ustiga bostirib borgan.
It's believed #FinsburyPark victims were trying to help man who had collapsed at bus stop with a medical issue https://t.co/oleS6jkNzE pic.twitter.com/uv9VXB5SZp
— Daily Mail U.K. (@DailyMailUK) 19 iyunya 2017 g.
Tayms nashrining guvoh Abdulrahmon Solih Alamudiydan olingan ma’lumotlarga tayanib yozishicha, furgonni bir guruh odamlar tomon qarata haydagan haydovchi "barcha musulmonlarni o‘ldirishni xohlayman", deya baqirgan.
Independent nashrining guvohlar ko‘rsatmasiga asosan yozishicha, hujum mahalliy vaqt bilan yarim tunga yaqin ro‘y bergan. Furgon Finsberri parkidagi masjiddan chiqayotgan odamlarning ustiga qarab yurgan. Evening Standard nashri ham guvohlarga tayangan holda mashinadan pichoq bilan qurollangan erkak otilib chiqqani haqida yozgan. Haydovchi aholi tomonidan qo‘lga olingan va politsiyaga topshirilgan, erkakning ruhiy holati tekshirilishi haqida ta’kidlanmoqda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey masjid yonida yuz bergan hodisani terakt, deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyun kuni shunga o‘xshash hodisa Londondagi ko‘prikda yuz bergan edi. Avtomobil yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan, shundan so‘ng uch terrorchi odamlarga hujum uyushtirgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.