TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Gelmut Kol, shuningdek, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik va do‘stlik aloqalari o‘rnatilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Ta’ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Qayg‘u bilan, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti"
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol juma kuni 87 yoshida olamdan o‘tgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.