TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol 87 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qildi Bild.
Nashrga ko‘ra, Kol Lyudvigsxafen-am-Rayn shahrida joylashgan o‘z uyida olamdan o‘tgan.
Kol 1982-yildan 1998-yilga qadar Gremaniya Federativ respublikasi kansleri lavozimida ishlagan. U ushbu lavozimga qatorasiga to‘rt marta saylangan yagona nemis siyosatchisi hisoblanadi. GFRga rahbarlik qilgan davrida Kol Yevropa va Germaniya birlashuvi jarayoniga hamda sovuq urush tugallanishiga ulkan hissa qo‘shgan.
Gelmut Kol — Germaniya tarixiga bag‘ishlangan bir necha kitoblar muallifidir. U nemis va xorijiy ordenlar bilan taqdirlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.