TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. 18-iyun kuni Toshkentdagi o‘rta umumta’lim maktablarida 2017-yilda 9-sinfni bitirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida so‘rov tashkil qilinadi, deya xabar bermoqda "Uznews.uz".
"17 iyun kuni Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda maktab direktorlari, Xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning sentabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10-11 sinflarni ochish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlovchi "nulevoy" sinflari ochiladi.
Bosh vazir shuningdek, 10-11 sinf o‘quvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlashga ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq sentabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10-11-sinflarni ochish rejalashtirilayotgani xabar berilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.