TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini v.b., O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarga oid davlat siyosati Dasturi" to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti o‘zbek OAVga tayangan holda.
Yoshlarga oid Davlat siyosati tushunchasi yoshlarni har tomonlama mukammal etib voyaga yetkazishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va qonuniy chora-tadbirlar tizimini nazarda tutadi.
Qonunda yosh fuqarolar tushunchasiga izoh berilgan. Unga ko‘ra, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, xususan, yosh oila, yosh mutaxassis va yosh tadbirkor aynan yoshlar qatoriga kirishi qayd etilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi ochiqlik va shaffoflik, yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta’minlash, yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hisoblanadi.
Qonun 4ta bob, 33 moddadan iborat.
Qonun kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ish o‘rinlari majburiy minimal zahirasini ta’minlashni nazarda tutadi. Bo‘sh ish o‘rinlarini bajarishdan bosh tortadigan korxona rahbarlari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatda, shuningdek, yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy xizmati tashkil etilishi nazarda tutilgan.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov insult oqibatida 2016-yil 2-sentabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum o‘zining ona-shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi. O‘zbekiston Respublikasining prezidenti v.b. etib Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovlari 4-dekabrga belgilangan.