TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov iyun oyi oxirida Tojikistonga safar qiladi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston IIV rahbari so‘nggi 20-yilda birinchi marta Tojikistonga bormoqda.
O‘zbekiston IIV rahbari Tojikistonda 27-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi. Azizov shuningdek, Tojikiston IIV rahbariyati bilan hamda tojik hukumati kuch ishlatish tuzilmalarining boshqa yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashadi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Tojikistonga oxirgi marta 19-yil oldin borgan. O‘sha vaqtda O‘zbekiston IIV rahbari Zokir Almatov bo‘lgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.