Mirziyoyevni xijolat qilgan manzara

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev diniy ulamolar bilan uchrashuvda O‘zbekistonning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu-ulamolarining bebaho ma’naviy merosi hali to‘liq o‘rganilmaganini aytib, bugungi kundagi vazifa "yoshlarga O‘zbekistonning qanday buyuk va betakror merosi borligini anglatish, ularni shu buyuk merosga munosib etib tarbiyalashdan iboratligini" qo‘shimcha qildi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 2017 yil 15-iyun kuni O‘zbekiston imom-xatiblari bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zini xijolat qilgan bir manzara haqida gapirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev din ulamolari bilan uchrashuvda Tramp so‘zlaridan iqtibos keltirdi
"…ochiq tan olishimiz kerak, tarixiy, diniy merosimizni o‘rganish, tiklash ishlari hamma joyda ham talab darajasida emas.

Yaqinda Buxoro viloyatiga safarda bo‘lganimizda, mashhur "Mir Arab" madrasasini ko‘rib, to‘g‘risi, ancha xijolat bo‘ldim. Necha zamonlardan buyon, xalqimizga, dinimizga xizmat qilib kelayotgan, nafaqat yurtimiz, balki musulmon dunyosida shuhrat qozongan qanchadan qancha ulamolarni kamolga yetkazgan bu muqaddas dargoh achinarli holga tushib qolgani, albatta, afsusdir", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev, Mirzo Ulug‘bek bobomiz ham o‘z ilmlarini "bismillohir rahmonir rahimdan" boshlaganini ta’kidlagan holda, "o‘zbek xalqining e’tiqodi, tarixi, ajdodlari, kechagi kuni, qanday buyuk tarixi borligini barchaga namoyon qilishimiz zarur", deya qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0