TOShKENT, 16-iyun — Sputnik, Anastasiya Lebedeva. Xo‘jandda "So‘g‘d-2017" xalqaro iqtisodiy ko‘rgazma-yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston nashri.
"Bugun iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xo‘jandga O‘zbekistonning 30dan ziyod kompaniyalari vakillari tashrif buyurishdi. Ishonchim komilki, bu ko‘rgazma mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori darajaga ko‘taradi", — degan O‘zbekiston tomondan tashrif buyurgan savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbari Fayzullo Mamonov.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan o‘zbek tadbirkorlari ham o‘z xursandchiligini yashirishmadi, deb yozadi nashr.
"Bizni taklif etishganidan cheksiz xursandmiz. Dushanbeda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ishtirok etish nasib qilmagandi, bu yerga ham zo‘rg‘a ulgurdik. Chunki 200ta kompaniya ariza bergan bo‘lsa, faqat 30tasi qatnashishi mumkin edi", — deb aytgan o‘zbekistonlik tadbirkorlardan biri.
Bugun bu tadbirkorning omadi chopdi, ikki soat ichida u tojikistonlik hamkasblari bilan uchta shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilgan nashr.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.