Jazirama yoz: O‘zbekistonda havo harorati 42 darajaga chiqishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishJara v Moskve
Jara v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qator viloyatlarda havo harorati 40 darajadan oshishi kutilmoqda

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya xizmatining bildirishicha, ayrim hududlarda havo harorati kunduzi 42 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 17-20 iyun kunlari harorat kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Anomal issiq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 10 kun davomida jazirama ob-havo kuzatiladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi esa 35-40 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 17-iyun kuni ayrim joylarda harorat 42 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham havo issiq bo‘ladi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 42 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 25-30 darajani tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0