O‘zbekistonliklarni migratsiya, aliment va futbol muammolari tashvishga solmoqda

Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi vazir Abdulaziz Kamilovning o‘zbekistonliklar bilan bo‘lajak to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik to‘g‘risida axborot berdi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati 5-iyul kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishi to‘g‘risida xabar e’lon qilganidan so‘ng vazirlikka fuqarolardan kelayotgan murojaatlar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi

Ma’lumotda aytilishicha, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi hujjatsiz va moliyaviy ta’minotsiz qolgan xorijdagi fuqarolarimizning vatanga qaytishlari, ota-onalari xorijda yashirinib yurgan bolalarni boqish uchun aliment undirish, O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan ota-onalarni izlash, boshqa davlatlarda sudlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish kabi masalalarga tegishli.

Shuningdek, vatandan yiroqda vafot etgan fuqarolar jasadini qaytarish, xorijga chiqishda yordam berish, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish va TIV tizimiga ishga joylashish borasida ham ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari, jumladan tashqi chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasining borishiga oid mavzular ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda.

Karton figurkasi - Sputnik O‘zbekiston
Bu futbolmi yo... Millionlar o‘yini ishqibozlari portalga shikoyat yozmoqchi

Barcha murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, vazirga ma’lum qilingan va uning shaxsiy nazoratiga olingan. Murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.

Shuningdek O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan tushgan murojaat haqida ham vazir xabardor qilingan.

TIV vazirning vatandoshlar bilan bo‘lajak muloqoti auditoriyasini sezilarli kengaytirishga ko‘maklashgan barcha mahalliy va xorijiy OAV vakillariga minnatdorlik izhor etdi va ular bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qildi.

Yangiliklar lentasi
0