TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Shveysariyalik Tanotrade AG kompaniyasi Nukusda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Nukuselectroapparat zavodini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Joriy yil avgust oyi yakunida zavod qurish ishlarini yakunlash mo‘ljallangan loyihaning umumiy qiymati 8 mln dollar tashkil etadi. O‘zbekiston tomonidan Toshelectroapparat sherik korxona sifatida bo‘ladi. Zavodni ishga tushish uchun shveysariyaliklar 80 foiz sarmoya kiritiladi, mahalliy korxona esa 20 foiz mablag‘ beriladi.
Joriy yil sentabr oyida zamonaviy energiya tejaydigan jihozlarni ishlab chiqarish boshlanadi. Zavodda kelgusida boshqa elektr mahsulotlarni ishlab chiqarish turlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti ushbu yangi korxona uchun qator bojxona to‘lovlardan imtiyozlarni berdi. Jumladan, zavodni barpo etish uchun olib kiriladigan qurilish materiallari bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Bundan tashqari, 2024-yilgacha Nukuselectroapparat kompaniyasi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelinadigan uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.