TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanida yaqin kelajakda O‘zbekiston eng yirik zargarlik buyumlari zavodi quriladi. "1-Zargarlik korxonasi" nomli loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga e’tiboriga taqdim etildi.
Qurildigan korxonaning umumiy qiymati 10 milliard so‘mni tashkil qiladi. Korxona yiliga 13 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Yangi korxonada 100 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz zargarlik sanoatini rivojlantirish O‘zbekistonning yaqin besh yil ichida belgilangan Rivojlanish strategiyasiga kiritilgan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Podrobno.uz xabariga asosan.