TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Hokim bilan uchrashuvga marhamat, deb taklif qilgan Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
Uchrashuvlar tuman va shahar hokimliklarining faollar zalida video selektor tarzida tashkil etiladi.
Uchrashuvlarda ishtirok etishni xohlagan yoshlar joriy yilning 20-iyuniga qadar viloyat hokimligida tashkil etilgan Ishchi guruhiga 235-10-98, 235-63-48 telefon raqamlari orqali, yoshlar2352066@umail.uz elektron pochtasi, shuningdek tuman va shahar hokimliklariga yoki "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining joylardagi Kengashlariga murojaat qilishlari mumkin.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar bilan viloyat hokimi va boshqa rahbarlarga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hokimlik matbuot-xizmati 6-iyun kuni barcha yoshlarni Samarqand viloyatining sobiq hokimi Himmat Oqbo‘tayev bilan uchrashuvga taklif qilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.