Samarqand viloyatiga vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

© Sputnik / StringerSamarqand shahri
Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turobjon Jo‘rayev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi vakili

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayevni o‘z vazifasidan ozod qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Rahbarlik tajribasi yetishmadi: Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimini ishdan oldi
Bugun olingan xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Turobjon Jo‘rayev tayinlangan.

Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga hokimlik matbuot-xizmati vakili xabar qildi.

Turobjon Jo‘rayev 2000-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari, 2004-2008 yillarda Xalq ta’limi vaziri, 2008-2011 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2011-2013 yillarda esa Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning 17-aprelida Jo‘rayev Bekobod tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0