TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu yil o‘tkazayotgan o‘n beshinchi jonli muloqot davomida sanksiyalar taqdiri haqida gapirdi.
Rossiya rahbari sanksiyalar mamlakat iqtisodiyoti ahvoliga ta’sir ko‘rsatmaganini, aksincha, boshqa bir muammo, ya’ni neft narxi tushishi muhimroq muammo bo‘lganini qayd etdi.
Sanksiyalar kiritgan davlatlarning o‘zlari Rossiyadan ko‘ra ko‘proq yo‘qotish ko‘rdilar, dedi Putin.
"Moskva cheklovlardan 50-52 milliard dollar yo‘qotganini, sanksiyalarni kiritgan davlatlar esa — 100 milliard yo‘qotdi".
Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, agar G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilsa, Moskva shunga munosib javob qaytarishga majbur bo‘ladi.
Rossiya rahbariga berilgan eng qiziqarli savollar va Putinning asosiy fikrlari haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiri onlayn-reportajida o‘qing.