TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. TurStat tahliliy agentligi 2017-yil birinchi choragida Rossiyaga kelgan sayyohlar sonini tahlil qildi.
2017 yil birinchi choragida O‘zbekistondan Rossiyaga 99 ming sayyohlar kelgan. Bu raqam 2016-yil ko‘rsatkichi bilan solishtirilganda deyarli o‘zgarmagan.
2017 yil yanvar-mart oylarida Rossiyaga kirish xorijiy sayyohlar soni 2,5 foizga, ya’ni 4,4 mln kishiga kamaydi (2016 yil yanvar-mart oylarida sayohatchilar soni 4,5 mln tashkil etgan).
O‘tgan yili Rossiyaga 25 mln chet el sayyohlari kelgan edi.
2017 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha Rossiyaga sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar o‘ntaligiga: Ukraina (1,578 ming sayohlar), Qozog‘iston (657 ming sayyohlar), Finlyandiya (234 ming sayyohlar), Polsha (189 ming sayyohlar), Xitoy (183 ming sayyohlar), Ozarbayjon (181 ming sayyohlar), Armaniston (131 ming sayyohlar), Moldaviya (107 ming sayyohlar), O‘zbekiston (99 ming sayyohlar), Abxaziya (92 ming sayyohlar).
2017 yil yanvar-mart oyida Rossiyaga sayyohlar soni eng ko‘paygan davlatlar: Xitoy (183 ming sayyohlar, 2016-yil 1 chorak bilan solishtirilganda — 32% ga organ), Janubiy Koreya (23 ming sayyohlar, 28 % ga ortgan) va Yaponiya (13 ming sayyohlar, 8 % ga ortgan). Vyetnam va Tailand davlatlari Rossiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni ko‘paydi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.