TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 29-30 iyun kunlari Moskvada Yevroosiyo ortopediya forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Forumda dunyoning 65 mamlakatidan 3000dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Unda travmatologiya-ortopediyaning barcha yo‘nalishlari, reabilitatsiya, harbiy-dala meditsinasi, sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiyot, xalqaro hamkorlik, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Shunisi e’tiborliki, forumda eng ko‘p ma’ruza qiluvchilar Rossiya va O‘zbekistondan bo‘lib, har ikki mamlakatdan 25 nafardan mutaxassis chiqish qiladi. unda jami 165 nafar mutaxassis chiqish qilishi ko‘zda tutilgan.