Davlat shifoxonalarida elektron navbat joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBolalar shifoxonasi
Bolalar shifoxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu bemorning shifokor qabuliga kirish uchun jonli navbat kutib, ortiqcha vaqt sarflashining oldini oladi

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sog‘liqni saqlash" axborot tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihani amalga oshiradi. Unda axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u sohadagi ko‘plab muammolarni samarali hal etishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi

Xususan, tibbiyot muassasalarida elektron navbat tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu bemorning shifokor qabuliga kirish uchun jonli navbat kutib, ortiqcha vaqt sarflashining oldini oladi.

Bundan tashqari, qishloq tibbiyot punktlari va boshqa shifoxonalarda teletibbiyotning joriy etilishi, elektron klinik kartalarning ishga tushishi inson salomatligini ishonchli muhofaza qilishga, kasallikka tez va sifatli tashxis qo‘yish hamda uning oldini olishda yaqindan yordam beradi.

Mazkur loyihalar davlat rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan so‘nggi ikki uchrashuvidan keyin joriy qilinmoqda. Prezident mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimini keskin tanqid qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0