TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Bobur nomidagi ekopark yana faoliyat yuritmoqda.
Parkning Facebookdagi sahifasida aytilishicha, u odatdagi tartibda ishlamoqda.
"Quyoshli Toshkentning aziz aholisi va poytaxt mehmonlari! Ajoyib xabar! Biz vaqtinchalik yopilgandik — endilikda siz uchun yana ochiqmiz! Ekopark bugundan odatdagi tartibda ishlamoqda: soat 10:00dan 23:00gacha", — deb xabar berilgan.
Park rahbariyati shuningdek, izohlar, tanqid va takliflarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan va fuqarolarni shaharni birgalikda yanada chiroyli qilishga chaqirgan.
Ekopark 10-iyun kuni ochilgandi. Poytaxtliklarning aksariyati dam olish kunlari bu yerda bo‘lishga ham ulgurishdi.
Ikki kun ishlaganidan so‘ng park yopildi va 12-iyun kuni internetda "Park ishlamayapti" degan yozuv surati paydo bo‘ldi, uning hududida esa qurilish ishlari davom ettirildi.