"Rossiya imperiyasi bilan ajrashuv": Poroshenko YeI bilan vizasiz tartibga baho berdi

© Sputnik / Mixail Palinchak / Mediabankka o‘tishPetr Poroshenko, Ukraina prezidenti
Petr Poroshenko, Ukraina prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina Bosh vaziri Vladimir Groysmanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisi vizasiz tartibda 11-iyundan YeIga a’zo mamlakatlarga chiqishlari mumkin

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib Ukraina uchun "Rossiya imperiyasi bilan ajrashuv"ni anglatadi, deya fikr bildirdi Petr Poroshenko. RIA Novosti xabari asosida.

Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashi 11-may kuni Ukraina uchun viza tartibini bekor qildi. Ushbu qarorga muvofiq, Ukraina fuqarolari YeIga a’zo mamlakatlarga yarim yil davomida 90 kunga vizasiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar.

AQSh va Ukraina bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina AQShdan himoya so‘radi
Shu bilan birga amaldorlar, migratsiya yoki xavfsizlik masalalari tufayli muammolar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu tartib istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkinligini eslatib o‘tdilar.

Endilikda YeI kengashi qarori Yevropa parlamenti raisi Antonio Tayani va YeIda raislik qilayotgan Malta Bosh vaziri Jozef Muskat tomonidan imzolanishi lozim. Shundan so‘ng uni YeIning rasmiy nashrida e’lon qilinadi va oradan 20 kun o‘tib vizasiz tartib kuchga kiradi.

Ukraina Bosh vaziri Vladimir Groysmanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisi vizasiz tartibda 11-iyundan YeIga a’zo mamlakatlarga chiqishlari mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0